E-TAQRIZ.UZ — elektron taqriz tizimi
Peer review jarayonlarini raqamlashtirish

Biroq nashrlar sonining koʻpayishi bilan bir qatorda, ilmiy ishlar sifati, ularning akademik talablarga muvofiqligi va xalqaro standartlarga yaqinlashuvi masalalari ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois ilmiy maqola, tezis, monografiya va boshqa turdagi ilmiy natijalarni nashrga tayyorlash va eʼlon qilish jarayonida ishning ilmiy saviyasini xolis baholash, tahririy-ekspert jarayonlarini samarali tashkil etish, taqrizlash (peer review) institutini mustahkamlash hamda akademik halollik tamoyillariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash muhim vazifaga aylandi. Shu bilan birga, olimning ilmiy va pedagogik faoliyati davomida erishgan natijalarini jamoatchilikka taqdim etishda shaffof, tizimli va ishonchli baholash mexanizmlarining mavjudligi katta ahamiyatga ega. Chunki ilmiy natijaning haqiqiy qiymati uning faqat nashr etilgani bilan emas, balki mazmunan yangi boʻlishi, dalillarga asoslanganligi, sohaga qoʻshayotgan hissasi, iqtiboslanish koʻrsatkichlari, hamda akademik etika talablariga mosligi bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan, ilmiy nashrlar sohasida: ilmiy ishlarning nashrga yaroqliligini mezonlar asosida baholash, tahrir va taqrizlash jarayonlarida sifat nazoratini taʼminlash, plagiat va manba koʻrsatish madaniyati boʻyicha akademik halollik standartlarini tatbiq etish, jurnallar, mualliflar va taqrizchilar faoliyatini shaffof reyting tizimi orqali ragʻbatlantirish kabi vazifalar zamonaviy ilmiy infratuzilmaning ajralmas qismiga aylanmoqda. Biz ana shu ehtiyoj va talablardan kelib chiqqan holda, ilmiy nashrlar ekotizimini yanada tizimlashtirish, ilmiy natijalarning sifatini oshirish, tahririyatlar va tadqiqotchilar uchun qulay raqamli yechimlarni joriy etish hamda ilmiy faoliyatda shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surib kelmoqdamiz.
Asosiy funksiyalar
Foydalanilgan texnologiyalar:
Boshqa loyihalar
Turli sohalar uchun yaratilgan va o‘z samarasini ko‘rsatgan eng yaxshi IT loyihalarimiz bilan tanishing.



